Myunxen shahridagi Lyudvig Maksimiliyan nomli universitetining (LMU) Nemis tili fakulteti talabalari uchun O'zbekiston Respublikasi hamda Samarqand davlat chet tillar instituti to'g'risida ma'lumotlar berildi. 

Shuningdek, germaniyalik talabalar uchun Samarqand davlat chet tillar institutida amaliyot o'tash imkoniyatlari va sharoitlar to'g'risida taqdimot va ma'ruza qilindi. Jumladan, Maksimiliyan nomli universitet hamda  Samarqand davlat chet tillar instituti o'rtasida talabalar va o'qituvchilar almashinuvini yo'lga qo'yish borasida hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-04-28 20:01:29 175