Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Turkiya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Ta’kidlash joiz, institutning ko'plab professor-o'qituvchilari xorijning nufuzli oliygohlarida stajirovka o’tagan holda tajriba orttirib qaytishmoqda. Navbatdagi o'qituvchi Ingliz tili-I fakultetida faoliyat ko'rsatayotgan Dilnoza Xolmurodova bo'lib, U 1 hafta muddatga Turkiyaning Burdur shahridagi Mehmet Akif Ersoy Universitetiga ilmiy stajirovka o’tash uchun jo’nab ketdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-05-06 13:46:14 172