Kazan federal universiteti Filologiya va madaniyatlararo aloqa institutining Xalqaro aloqalar va rivojlanish bo’limi boshlig’i o’rinbosari, chet tillar o’qitish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, professor Gafiyatova Elzara Vasilovna Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakultetida bo'ldi.

Jarayon davomida fakultetning innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogikasi kafedrasi jamoasi bilan uchrashib, fakultet va kafedra faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bundan tashqari, Kazan federal univestiteti faoliyati va rejalari hamda mavjud bo’lgan ta’lim dasturlari to’g’risida fakultet talabalari va o’qituvchilariga ma’lumot berildi.

Shuningdek, o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish, jumladan, o’qituvchi va talabalar mobilligini tashkil etish, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish kabi masalalar muhokama qilinib, kelajakda bajariladigan istiqbolli rejalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati
 

Share:
2023-05-23 13:28:38 234