Barchamizga ma’lumki, joriy yilda mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy tadbir – muddatidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov bo‘lib o‘tadi.

Qariyb 10 kun avval O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi mazkur saylovda faol ishtirok etishini ma’lum qildi hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yubordi.

2023-yil 12-may kuni bo‘lib o‘tgan Plenumda O‘zbekiston “Adolat” SDP tomonidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod ko‘rsatish masalasini partiyaning navbatdagi XI Qurultoyi muhokamasiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilingan edi.

Bugungi kunda partiyaning viloyat, shahar va tuman Kengashlari tomonidan joylarda hududiy partiya Konferensiyalari o‘tkazilayotgan bo‘lib, ularda XI Qurultoyda qatnashadigan delegatlar saylanmoqda. Shuningdek, hududiy Konferensiyalarda muhim siyosiy jarayonda munosib qatnashish uchun hududiy tashkilotlar oldida turgan dolzarb vazifalar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri partiyaning Samarqand viloyat Kengashi tomonidan ham o‘tkazildi. Samarqandlik “Adolat”chilar barcha tumanlardan  Siyosiy partiya Quriltoyda ishtirok etadigan delegatlarni saylab olishdi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda “Adolat” SDP Samarqand viloyat Kengashi tarkibida 65 mingga yaqin maslakdoshlarni o‘z saflariga biriktirgan 820 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng O‘zbekiston “Adolat” SDPning maqsad va vazifalarini keng targ‘ib qilishda, partiya tashkilotlari o‘tkazadigan tadbirlarda ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirishda faol bo‘lgan partiya a’zolari va faollaridan 11 nafari delegat etib saylandi. Shu asnoda delegatlar Siyosiy partiya Quriltoyda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, konferensiya kun tartibidagi ko‘rib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-05-24 16:03:04 223