Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan davra suhbatida yo’l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan talabalarga piyoda sifatida yo’l harakati qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, jarayonda avtomobil yo’llarida harakat xavfsizligini ta’minlash jarayonida YPX inspektorining chorrahada harakat ishtirokchilariga berilgan ishoralar  vaqtida qanday harakatlanishlari, turli xil quloqchinlardan foydalanmaslik, yo'l qoidalariga qat'iy amal qilish va yo'lda harakatlanish chog'ida qo'l telefonlaridan foydalanmaslik kerakligi kabilar tushuntirib o'tildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-05-29 18:55:48 140