Bugungi kunda yurtimiz yoshlarining ma’naviyatini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish, turli xil yot g’oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda talaba-yoshlar uchun ish o’rinlari yaratish va ularni ish bilan ta’minlash borasida hukumatimiz rahbari tomonidan qator salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Yuqoridagi ishlar samarasi o’laroq Samarqand davlat chet tillar institutida bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, institutda tahsil oluvchi talabar ishtirokida davra-suhbati tashkil etildi. Unda institut mutasaddilari va IIB xodimlari qatnashishdilar.

Jarayon doirasida talabalarga jamiyatda talaba-yoshlarning huquqbuzarlik, jinoyatchilik va korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning kelib chiqish sabablari va korrupsiya illatlari haqida ota-onalar hamda talabalarning ogoh bo’lishlari alohida ta’kidlandi. Shuningdek, bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar va chiqarilayotgan qaror hamda qonunlar xususida to’xtalib o’tildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2023-05-31 22:03:50 181