Bugun, 2-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;
  • Institutda fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlashning holati;
  • Xorijiy tillarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishining ahvoli;
  • Institutda talabalar qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati;
  • Talabalar turar joyida, ijarada va yaqin qarindoshlarinikida hamda o‘z uylarida yashovchi talabalar orasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar;
  • Institutda malakaviy imtihonlarni qabul qilish jarayonida aniqlangan holatlar hamda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalarni nashrga tavsiya etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, institutning ilmiy daraja va unvonga erishgan professor-o’qituvchilari diplom hamda kompyuterlar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2023-06-02 21:22:53 375