AQShning Blumington Indiana universiteti bilan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida joriy yilning 5-iyunidan boshlab ikki oy davomida SamDCHTIda Indiana universiteti professori Malik Xojiyev va SamDCHTI o'qituvchisi F.Bakiyevlar tomonidan o'zbek tilini o'qitish bo'yicha treninglar tashkil etiladi.

Treninglarda Indiana universiteti talabalari masofadan ishtirok etishadi. Shuningdek, o'zbek tilini xorijliklarga o'rgatishga qiziquvchi SamDCHTI o'qituvchilari ham ishtirok etishlari mumkin.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-06-02 21:35:56 284