Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakultetida 2022/20223 o’quv yili yakunlari sarhisobi bo’lib o’tdi. Unda institut rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov so’zga chiqib, joriy o’quv yili davomida institut barcha sohalarda sezilarli natijalarga erishganligi va kelgusida ham ulkan marralarni egallashi to’g’risida so’z yuritdi.

Shuningdek, jarayon doirasida fakultetda fan olimpiadalari, nomdor stipendiyalar sohiblari, sport turlari, besh muhim tashabbus doirasida yutuqlarni qo’lga kiritgan, ijodkor va tashabbuskor talabalar hamda xodimlarning bir guruhi sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-06-16 21:47:21 171