O’zbekiston Respublikasida 2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida qabul jarayonining boshlanishi munosabati bilan, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida Call-markaz aloqa raqamlari faoliyat boshladi.

❗️Ish vaqti Dushanba-Juma 9:00 dan 18:00 gacha, shuningdek, Shanba kuni 9:00 dan 14:00 gacha.

☎️ Call-markaz telefon raqamlari quyidagilar:

+99866-238-29-36
+99866-238-29-80
+99866-238-29-46
+99866-238-29-32

Ushbu raqamlar orqali Samarqand davlat chet tillar instituti qabul jarayonlari bilan bog’liq ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-06-20 14:22:31 188