Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan mahallardagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning holidan xabar olish ishlari tizimli yo’lga qo’yildi. Bu borada mas’ullarga kerakli ko’rsatmalar berilib, mahalla yoshlariga biriktirildi.
Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ham o’ziga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiladigan yoshlar bilan uchrashuvlar o’tkazish bilan birga ularga moddiy va ma’naviy ko’mak berish tadbirlari ham amalga oshirmoqda.
Bugun, 24-iyun kuni Ilhomjon To'xtasinov Samarqand shahridagi “Bo’ston” mahallasida bo’ldi. Unda mahallaning 1 nafar yoshiga bozor yaqinidan uning bandligini ta’minlash maqsadida xohishiga binoan poyabzal ustaxonasi o’rnatib berildi. Jumladan, “Devori ko’ndalang” mahallasida yashovchi 2 nafar xorijiy tillarni o’rganish istagida bo’lgan yoshlarga til o’rgatish markazlarida bepul tayyorlanish imkoniyati yaratildi.


.jpg)

.jpg)

.jpg)


SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
