Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov talaba va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shunigdek, yangi o‘quv yilida qurilishi mo‘ljallangan o‘quv bino va talabalar turar joylari, o‘quv binolarida o‘rnatilgan quyosh panellari va bu borada rejalashtirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Jarayon davomida bugungi kunda qurilish ishlari davom etayotgan 7 qavatli 2000 ming o‘ringa moslashgan yangi o‘quv binosi, uning mustahkamlik darajasi, o’rnatilayotgan eshik va derazalarning zamonaviyligi hamda o’quv xonalarining jihozlanish holatlarini batafsil ko’zdan kechirdi va mas’ullarga bu borada kerakli ko’rsatmalarni berdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-07-04 20:10:36 158