Samarqand davlat chet tillar institutining Gagarin ko’chasi 43-uy manzilida joylashgan hududida mavjud bo’lgan va foydalanishga yaroqsiz 4 qavatli 350 o’ringa moslashgan talabalar turar joyida ham mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlar davom etmoqda.

Institut rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida mas’ullar binoda ishlarning davom etish holati, xonalarga o’rnatiladigan ikki yarusli krovatlar va jihozlarning sifatlilik darajasi hamda quyosh panellarining qay holatda o’rnatilish rejalari bilan yaqindan tanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-07-04 20:24:08 135