Bugun, 5-iyul kuni Samarqand viloyat Matbuot uyida Samarqand davlat chet tillar institutining Qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Jurnalistlar Ijodiy Uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida Samarqand viloyati va respublika ommaviy axborot vositalarining hududiy vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Unda Samarqand davlat chet tillar institutining 2023/2024 o‘quv yili qabul jarayonlari, yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlari, shuningdek, bakalavriyat bosqichining kunduzgi va kechki shakllariga hamda magistratura mutaxassisliklari uchun ajratilgan qabul kvotalari xususida axborot beriladi.

Yangi o‘quv yilida 2000 o‘ringa moslashgan o‘quv binosi va 350 o‘rinli talabalar turar joylarining foydalanishga topshirilishi, talabalar va pedagog xodimlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar, jumladan, bitta ochiq va bitta yopiq sport maydonlarining bunyod etilishi kabilar ham anjumanda bildirib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, 2023/2024 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutining bakalavriyat bosqichida “O‘zga tilli guruhlarda rus tili”, “Filologiya va tillarni o'qitish: turk tili”, “Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili (sirtqi shakl), magistratura mutaxassisligida esa “Lingvistika: rus tili” kabi yangi yo‘nalishlar ochildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2023-07-05 19:08:44 240