Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar institutida ham sportni ommalashtirish borasida tizimli ishlar qilinmoqda. Jumladan, har yili o’tkazilib kelinadigan an’anaviy spartakiada musobaqalari doirasida institut professor-o’qituvchilari o’rtasida sportning 6 turti bo’yicha musobaqalar o’tkazildi.
Bugun, 11-iyul kuni ushbu sport musobaqalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar institut rektori Ilhomjon To’xtasinov tomonidan qimmatbaho sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlanishdi. Umumjamoa hisobida Roman-german tillari fakulteti birinchilikni qo’lga kiritib, musobaqa kubogiga sazovor bo’ldi.










O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
