Bugun, Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi 11-sonli yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari, institutda Ta’lim sifatini yanada yaxshilash, iqtidorli talabalar, magistrantlar safidan Prezident hamda Davlat stipendiyalariga nomzodlarni tavsiya etish kabi masalalar muhokama qilindi.
O‘quv yili davomida vazirlik buyruqlari asosida tashkil etilgan maxsus kurslarni o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish, 2022-2023 o‘quv yilida fakultetlarda o‘tkazilgan malakaviy amaliyot natijalari, yangi 2023-2024 o‘quv yilida qilinadigan ishlar, bitiruvchi kurs talabalariga beriladigan imtiyozli diplomlar ro‘yxatini tasdiqlash kabi masalalar ham shular jumlasidandir.
Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutida ilmiy daraja hamda ilmiy unvonga erishgan professor-o’qituvchilar institut rahbariyati tomonidan kompyuter va diplomlar bilan taqdirlanishdi.










O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
