Davlatimiz rahbarining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga muvofiq, oliy taʼlim muassasalari (OTM)ga kirish imtihonlarida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida bu yil ham test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarning imtihon.edu.uz veb-platformasi orqali Internet tarmog‘ida jonli efirga uzatilishi taʼminlanadi.

Shu maqsadda  Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi. 

Unga ko‘ra  joriy yil 20-iyuldan 10-avgustga qadar 51 ta davlat OTMda kasbiy (ijodiy)  imtihonlarning  ochiq va shaffof tashkil etilishi, ularning Internet tarmog‘i orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilishi sifatini o‘rganish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan masofaviy monitoring tadbirlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, ayni damda Samarqand davlat chet tillar institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar ijodiy imtihonlarning birinchi bosqichida qatnashishmoqda. Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan turli xil korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tizimli ishlar qilinmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-07-19 16:36:11 163