2023-yil 17-23-iyul kunlari barcha hududlarda 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkazilishi to'g'risida xabar berilgan edi.

Imtihon sinovlari 2 bosqichda tashkil etilib, 1-bosqichda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni — 17-20-iyul kunlari kompyuter orqali topshirildi, 2-bosqichda tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihoni — 21-23-iyul kunlari qog‘oz shaklda bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 21-iyul kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar ijodiy imtihonlarining 2-bosqichi boshlandi. Imtihonlarning shaffof va adolatli bo’lib o’tishida nazoratchilar, shuningdek, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan turli xil korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-07-21 17:22:44 125