Samarqand davlat chet tillar institutida o’tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulayliklar yaratildi. Xususan, ota-onalar salqin joyda o’tirib, farzandlarining imtihon jarayonida ishtirok etishlarini onlayn kuzatishdi.
Shuningdek, ota-onalar bilan institutda tashkil etilgan psixologlar, sotsiologlar va xodimlardan iborat volontyorlar guruhi suhbatlashib, ularning takliflarini, fikr-mulohazalarini o’rganishdi.
Shuningdek, ota-onalarga mazkur o’quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida yangi ochilgan ta’lim yo’nalishlari, ularga ajratilgan qabul kvotalari, jumladan, davom etayotgan qurilish va qayta ta’mirdan chiqirish ishlari to’g’risida ma’lumotlar berishdi.


.jpg)



SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
