Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan mahallardagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning holidan xabar olish ishlari tizimli yo’lga qo’yildi. Bu borada mas’ullarga kerakli ko’rsatmalar berilib, mahalla yoshlariga biriktirildi.
Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov ham o’ziga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiladigan yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar o'tkazmoqda. Uchrashuvlar davomida ularning takliflarini va muammolarini ham o'rganmoqda.
Bugun, 8-avgust kuni Ilhomjon To'xtasinov Samarqand shahridagi "Guliston" mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlardan biri Yo’ldosh Ergashev bilan uchrashib, uning holidan xabar oldi. Jarayonda Yo’ldosh Ergashevning fikrlari hamda muammolari tinglandi va muammolariga ijobiy yechim topishi, ya’ni ta’mirlanayotgan uyiga 1 ta yangi eshik va qurilish anjomlari olib berilishi bildirildi. Shuningdek, unga sovg'alar tuhfa etilib, bir martalik 500 000 so'm miqorida moddiy yordam ko’rsatdi.







SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
