Samarqand davlat chet tillar institutida Germaniya Akademiklar Almashinuv Xizmati (DAAD) bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonning qadimiy shaharlarini kashf eting, til va madaniyatni o‘rganing” nomli yozgi maktab tashkil etildi.

Yozgi maktab 2023-yilning 14-avgust kunidan 31-avgust kuniga qadar faoliyat olib boradi. Unda Germaniyaning 13 ta oliy ta’lim muassasasidan jami 18 nafar,  finlandiyalik 1 nafar hamda shvetsariyalik 1 nafar xorijlik talabalar ishtirok etishib, o‘zbek tili va madaniyati, O‘zbekiston tarixi, geografiyasi va iqtisodiyoti kabilarni o‘rganishadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-08-14 20:33:13 145