Bugungi kunda Samarqand davlat chet tillar institutining barcha hududlarida, ya’ni fakultetlar o’quv binolarida, talabalar turar joylarida, bog’ va hovlilarida obodonlashtirish hamda qayta ta’mirdan chiqarish ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 15-avgust kuni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida mas’ullar Payariq tumanidagi “Xorijiy tillar” fakultetida bo’lishdi va olib borilayotgan ishlar holatini yaqindan o’rganib chiqishdi.

Hozirda ushbu hududda joylashgan 200 o’rinli talabalar turar joyi tashabbusli budjet loyihasi doirasida 1 milliard 200 million mablag’ evaziga to’liq kapital ta’mirlanib, jihozlanmoqda. Jumladan, 2023-yilning sentabr oyida foydalanishga topshirish reja qilingan.

Undan tashqari, yashil makon dasturi asosida fakultet atrofiga 3 000 dan ortiq pavlovniya daraxtlari ekildi. Ushbu daraxtlarni sug’orish va o’quv binosi atroflarini ko’kalamzorlashtirish maqsadida 200 millionga yaqin mablag’ evaziga quduq qazilib, suv chiqarishga erishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-08-15 19:29:59 144