Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi Farmoyishiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik koʻrish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini yanada kengaytirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari holatini yaxshilash boʻyicha bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar, oliy va professional ta'lim muassasalari hamda akademik litseylarida respublikamiz boʻylab 30-iyuldan 30-avgustga qadar e’lon qilingan “Obodonlashtirish oyligi” doirasida belgilab olingan chora-tadbirlar asosida tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan.

Xususan, Samarqand davlat chet tillar institutida ham mavjud fakultetlardagi o‘quv-amaliyot xonalari, institut hududida joylashgan talabalar turar joylarida to‘liq ta’mirlash va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari qilinmoqda. Jumladan, institut hududida o‘quv binolari va talabalar turar joylarida obodonlashtirish ishlari olib borilib, binolar atrofini ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni parvarish qilish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti hududidagi 6120 tupdan ziyod daraxtlar institut rahbariyati hamda professor-oʻqituvchilarga biriktirib berildi. Ma’lumot oʻrnida, bugungi kunda institut hududida 70 tupdan ortiq chinor, 400 dan ortiq archa (sosna), 10 tup majnuntol,  10 tup oq qayin, 60 tup kashtan, 230 tupdan ortiq mevali daraxt, 2000 tup pavlovniya, 1000 tupdan ziyod terak va boshqa turdagi daraxtlar mavjud.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-08-16 17:48:54 177