
Samarqand davlat chet tillar institutida xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga 2023/2024 o‘quv yili uchun quyidagi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul jarayoni boshlanganligini ma’lum qilamiz.
👉 Altay davlat pedagogika universiteti bilan 2+2 shaklida tashkil etilgan "Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili" yo'nalishi
Mazkur ta'lim yo'nalishiga 2023-yilning 17-avgust kunidan 27-avgust kuniga qadar qabul davom etadi. Hujjatlar faqat onlayn qabul qilinadi, oliy ta'lim muassasasida qabul qilinmaydi. Onlayn hujjat topshirish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
Qabul bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar Axborot xizmati telegram kanalida joylab boriladi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
