Bugun, 2023-yilning 30-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning institutda amalga oshirilishi;

– 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘quv jarayonini tashkil etish borasidagi ishlar;

– 2022-2023 o‘quv yili uchun institutning umumiy ish rejasi, institut kengashi ish rejasi hamda bo‘limlarning rejalarini tasdiqlash;

Shuningdek, ilmiy daraja hamda ilmiy unvonga erishgan professor-o’qituvchilar kompyuter hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-08-30 20:30:46 364