Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Altay davlat pedagogika universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatilgan bo’lib, bugungi kunda turli xil loyihalar, o’qituvchilar va talabalar almashinuvi kabi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu munosabatda bugun Altay davlat pedagogika universiteti prorektori  M.Tyapkin mavjud hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida institut prorektori F.Ro’ziqulov bilan uchrashdi. Unda tomonlar o’rtasida ilm-fan, ta’lim sohasida amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-09-05 16:26:51 126