Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutida ko’plab xorijlik malakali mutaxassislar faoliyat olib bormoqda va endilikda ham xorijdan tajribali professor-o’qituvchilarni o’quv jarayoniga jalb etish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun, 5-sentabr kuni 2023/2024 o’quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida fors tili o'qituvchisi sifatida faoliyat olib borish uchun Tojikiston Respublikasidan Mizrob G’afforov taklif etildi.
Jumladan, institut rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda xorijlik mutaxassis Mizrob G’afforovlar o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda o’quv yili davomida qilinadigan ishlar, turli xil loyihalar haqida mulohaza qilindi.




SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
