Bugun O’zbekistonning Valensiya (Ispaniya) shahridagi faxriy konsuli Xose Mariya Chikiyo boshchiligidagi delegatsiya vakillari Samarqand davlat chet tillar institutida bo’lishdi va institut rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov bilan uchrashishdi.

Unda Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Valensiya universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish borasida takliflar almashinildi. Shuningdek, institutda ispan tilining o’qitilishini yanada rivojlantirish, Valensiya universitetidan malakali ispan tili o’qituvchilarini institut o’quv jarayoniga jalb etish kabilar to’g’risida mulohaza qilindi.

Uchrashuv so’ngida delegatsiya vakillari institutda tashkil etilgan “Ispan tili va madaniyati” markaziga 70 dan ortiq ispan tilidagi badiiy adabiyotlar va darsliklarni tuhfa qilishdi. Kelgusida tomonlarning hamkorligi doirasida ushbu markaz faoliyatini yanada rivojlantirishga kelishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-09-06 16:52:55 165