Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutida ko’plab xorijlik malakali mutaxassislar faoliyat olib bormoqda va endilikda ham xorijdan tajribali professor-o’qituvchilarni o’quv jarayoniga jalb etish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, 7-sentabr kuni 2023/2024 o’quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutiga yapon tili va adabiyotidan dars berish maqsadida yana bir tajribali mutaxassis Masato Kuvahara shartnoma asosida ishga qabul qilindi. Janob Masato Kuvahara institut talabalariga bir o'quv yili davomida saboq beradi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-09-07 18:59:04 98