Hozirda barcha oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonlari boshlangan va mustaqillik hamda tanishtiruv darslari davom etmoqda.
Bugun, 9-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetida tahsil oluvchi 1-bosqich talabalari bilan institut rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov uchrashuv o’tkazdi.
Unda “Zarafshon” hamda “Cамаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri, senator Farmon Toshev ham ishtirok etdi.
Unda bugungi kunda mamlakatimizda talaba-yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va qaratilayotgan e’tibor, talabalarning bo’sh vaqtlarida samarali ishlar bilan shug’ullarnish lozimligi, o’quv jarayonida muntazam ravishda faol bo’lishi kabilar ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv so’ngida tashkil etilgan savol-javobda faol qatnashgan 10 dan ortiq talabalarga senator Farmon Toshev o’zining kitob va jurnallarini tuhfa qildi.








SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
