Samarqand viloyati yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Dilfuza Azizova  hamda institutning Inglzi tili-II fakultetida tahsil oluvchi 1-bosqich talabalari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Jarayonni institut prorektori Otabek G’aybullayev kirish so’zi bilan ochib berdi. Unda “Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish to’g’risida”gi hamda “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlarida ta’lim va yoshlarga aloqador joylari yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda so’z olgan yoshlar ittifoqi raisi Dilfuza Azizova tashkilotning yo’nalishlari, maqsadi va vazifalari xususida so’z yuritdi. Yakunda talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
 

Share:
2023-09-15 17:42:56 112