Samarqand davlat chet tillar institutida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida katta tadbir tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori I.M.Tuxtasinov, prorektorlar F.Sh.Ro‘ziqulov, O.M.G‘aybullayev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.B.Suyunov, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, Afg‘on urushi qatnashchilari va institut talabalari ishtirok etishdi.
Institut rektori I.M.Tuxtasinov “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati yuzasidan “Institutimizda mehnat qilayotgan barcha professor ustozlarni, talaba-yigitlarni Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod” etdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan turli xil sahna ko‘rinishlari, harbiycha chiqishlar, Vatan haqidagi qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi va faol ishtirok etganlar tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch






