Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish borasida mamlakatimizda qator islohotlar qilinmoqda.

Shu munosabatda bugun, 30-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida tashabbusli budjet loyihasi doirasida yangidan bunyod etilgan ochiq mini futbol maydonchasi 1-oktabr – Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan foydalanishga topshirildi.

Mazkur sport maydoni institut talabalari va o’qituvchilarning faol dam olish maskaniga aylanishi, shuningdek, ularning salomatligi va jamoaviy ruhini mustahkamlashiga aminmiz.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-09-30 19:56:44 1356