Ta’lim fidoyisi, yangiliklar qilishdan charchamaydigan, samimiy, jonkuyar ustoz, beg’araz ko’maklari bilan barchani xushnud qilib kelayotgan UzTEA rahbari Feruza Rashidova bugungi kunda o’zining kasbiga bo’lgan fidokorliklari sababli yosh, bilimga chanchoq yoshlarga va shu bilan birga malakali professor-o’qituvchilarimizga o'z tajribasiga tayangan holda xorijiy tillarni o'rgatishda zamonaviy yondashuvlar bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham samarali olib borish bo'yicha mahorat darsini o’tkazdi.
Shuningdek, yaqin kunlarda Samarqand davlat chet tillar institutida ham UzTEAning filiali tashkil etilishi rejalashtirildi. Mazkur loyiha kelajakda nafaqat ustozlar uchun oʻqitish metodikasini takomillashtirish, balki maxsus yaratilgan elektron platforma orqali xorijiy tillarni o'rgatish, turli loyihalar yaratish va bitiruvchi talabalarga kelajakda ilmiy tadqiqotlar olib borishlarida, shubhasiz, yaqindan yordam beradi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)




SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
