Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati to‘g‘risida, xususan, tashabbusli budjet loyihasiga talabalarning majburan jalb etilganligi yuzasidan joriy yilning 15-sentabr kuni nomutanosib xabarlar joylandi. Shu munosabat bilan institut Axborot xizmati munosabat bildiradi.

Ma’lumingizkim, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan tashabbusli budjet loyihasining 2-mavsumi yaqinda yakuniga yetdi. Unda institut hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish loyihasini qo‘llab-quvvatlash borasida professor-o‘qituvchilar va talabalarga bildirilganligi ma’lim.

Alohida ta’kidlash lozim, ochiq budjet loyihasining 2-mavsumi yuzasidan talaba-yoshlarga o‘zlarining vazifasidan tashqari qo‘shimcha vazifa, ortiqcha majburiyat yoki shaxsiy topshiriq berilmagan. Ijtimoiy tarmoq vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillariga shuni ma’lum qilamizki, Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati hamkorlikda ishlashga tayyor.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-10-06 15:19:12 235