Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Indoneziyaning Muhammadiyah Makassar universiteti o’rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumiga asosan institutning “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasi mudiri L.Abdullayeva hamda mazkur kafedra dotsenti N.Sulaymonovalar Indoneziyada xorijiy safarda bo’lib turibdi.

Safardan ko’zlangan maqsad ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo’yicha mezbon universitet rahbariyati bilan muzokaralar olib borish, universitetning bakalavr va magistr talabalari hamda professor-o’qituvchilariga ma’ruzalar o’qish, shuningdek, seminar-treninglar tashkil etish orqali tajriba almashishdir.

Muhammadiyah Makassar universitetiga xizmat safari davomida hamkorlikda chop etilgan o’quv qo’llanma taqdimoti ham bo’lib o’tdi. Jumladan, tomonlar o’rtasida uchrashuv ham tashkil etilib, istiqboldagi rejalar, fan, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-10-16 13:15:15 135