Tomonlar o’rtasida 2022-yilda imzolangan ikki tomonlama hamkorlik Shartnomasiga muvofiq Pyategorsk davlat universitetining Lingvistika, kommunikatsiya va amaliy xorijiy tillar kafedrasi professorlari Nataliya Xomovich hamda Yelena Melnikovalar Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari bilan tajriba almashishmoqda.
Shu munosabatda bugun Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov Nataliya Xomovich hamda Yelena Melnikovalar bilan uchrashuv o’tkazdi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza almashishdi.
Ta’kidlash lozim, Nataliya Xomovich hamda Yelena Melnikovalar institutda o’tkazilgan "Buyuk Ipak yo'lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta'lim va madaniyat" mavzusidagi xalqaro konferensiyada ham ishtirok etishdi. Ingliz tili-I fakulteti o’qituvchilari bilan birgalikda seminar-tremninglar tashkil etishmqoda.









SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
