Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek.Uz-2023” xalqaro
innovatsion gʻoyalar haftaligi o‘tkazilmoqda.
Ushbu haftalik doirasida bugun, 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta‘lim muassasalari rektorlari forumi ham tashkil etildi.
Unda tomonlar o‘rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalarini davom ettirish, ya‘ni professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish hamda ta‘limga oid yangi innovatsion loyihalarni joriy etish borasida o‘zaro kelishuvlarga erishildi.



.jpg)

.jpg)

SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
