Bugun, 20-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro‘ziqulov hamda institut xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Bahodir Berdialiyevlar Rossiya Federatsiyasining Altay davlat pedagogika universitetida bo‘lishdi.

Jarayon davomida ushbu universitetda Samarqand davlat chet tillar institutining qo'shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda o'qish jarayonida yuzaga kelayotgan barcha masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasining Altay davlat pedagogika universitetida bugungi kunda "Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili" qo'shma ta'lim dasturi asosida Samarqand davlat chet tillar institutining 45 nafar talabalari tahsil olib kelishmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-10-20 15:11:59 128