Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan mahallardagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning holidan xabar olish ishlari tizimli yo’lga qo’yildi. Bu borada mas’ullarga kerakli ko’rsatmalar berilib, mahalla yoshlariga biriktirildi.
Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro'ziqulov ham o’ziga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazib, ularning fikr-mulohazalarini tinglamoqda.
Bugun, Fazliddin Ro'ziqulov Samarqand shahridagi "Guliston" mahallasida bo’ldi. Unda mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar, ya'ni Madina Ro'ziboyevaning o'zi hamda uning onasi bilan uchrashdi. Jumladan, ularga suhbat chog'ida bir martalik 1000 000 so'm miqdorida moddiy yordam ko’rsatildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
