Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar instituti bir necha yillardan buyon Malayziyaning “City University of Malaysia” Universiteti bilan ta’lim sohasida mustahkam xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Malayziyaning “City University of Malaysia” Universiteti mas’ullari ishtirokida onlayn uchrashuv o’tkazildi.

Unda mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, tomonlar o’rtasida yangidan yangi ta’lim loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikda darslik va adabiyotlarni yaratish hamda professor-o’qituvchilarning, talaba-yoshlarning bilim va tajribasini oshirish xususida takliflar almashinildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-11-01 15:42:33 99