Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Altay davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, bugungi kunda turli xil loyihalar, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi kabi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan institutning Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti mas’ullari hamda Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti rahbariyati vakillari o’rtasida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda hamkorlikda olib borilayotgan ishlar yuzasidan tomonlar o’rtasida fikr-mulohazalar almashinildi. Jumladan, unda tahsil oluvchi institut talabalarining takliflari tinglandi va kelgusida qilinadigan rejalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-11-01 15:49:10 102