
Ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Dunyoda munosib o‘ringa ega bo‘lib, jadal rivojlanayotgan davlatimiz istiqboli yanada porloq bo‘lsin. Hammamiz musaffo osmon, tinch yurt, istiqbol sari olg‘a qarab ketishimizda, farzandlarimizni intellektual salohiyatli etib tarbiyalashimizda, yurtimiz ravnaqi yo‘lida chin saodatga eltgan Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilaylik.
Fidoyi bo‘lib, oliy ta’lim tizimining rivojlanishiga elim deb, yurtim deb sidqidildan samarali faoliyat ko‘rsatadigan, yuksak marralarni ko‘zlab harakat qiladigan haqiqiy vatanparvar yoshlar tarbiyasi bizning qo‘limizda.
Ta’lim sohasidagi bugungi innovatsion, axborot asrida jahon hamjamiyatiga mos kadrlarni tayyorlash, istiqbolli kelajak barpo etish, zamon bilan hamnafas qadam tashlashga, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash yo'lida hamjihat bo‘laylik.
Ta’limga oid islohotlar, loyihalar va ilmiy tadqiqot ishlari davlatimiz rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bugungi zamon yoshlarini maqsadli va samarali, fidokorona ruhda tarbiyalashimiz lozim. Zero, ulug‘, qudratli kelajakning porloq poydevorini tarbiyali, ilmli, intellektual yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, ularning bandligini ta’minlab, yot g‘oyalar ta’siridan himoya eta olsak, marra bizniki bo‘ladi.
Bugungi kunda ta'lim tizimida o‘qitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etishga alohida urg‘u berilmoqda.
Respublikamizda ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar faoliyatini rag‘batlarnirish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, xorijiy tillarni o‘qitish va dunyo hamjamiyatiga ildam qadamlar tashlash zamon talabidir.
So’nggi bir necha yilda institutimizda juda katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Guvohi bo’lganingizdek, joriy yilning fevral oyida 1000 o'rinli o'quv binosini mukammal qayta ta’mirdan chiqarib, foydalanishga topshirdik. Endilikda 2000 o’rinli o’quv binosi yangidan bunyod etilmqoda. Jumladan, hozirda 200 o’rinli yaroqsiz holatda turgan talabalar turar joyi ham yangidan ta’mirlanib, 350 o’ringa moslashtirilmqoda. Yaqin kunlarda ushbu binolarni ham foydalanishga topshirish arafasida turibmiz.
Talabalar hamda o’qituvchilar kuchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar to’g’risida ham so’z yuritadigan bo’lsam, 20 dan ortiq professor-o’qituvchilarimiz xorijning nufuzli tashkilotlarida tajriba oshirib qaytishdi. “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etgan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligida jamoamiz 1 milliard 20 million so‘mlik shartnomani imzolashga muvaffaq bo’ldi. “Spelling bee contest 2023” musobaqasining viloyat bosqichida institut talabalari faxrli 2-, 3-o’rinlarni qo’lga kiritishdi.
Jumladan, avgust oyida 3 nafar professor-ustozlarimiz O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi Vasiylik Kengashining “Mehnat faxriysi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident tomonidan institutimizning 1 nafar talabasi “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi. Yana bir talabamiz respublika miqiyosida o’tkazilgan sportning "Shaxmat" va "Shashka" yo'nalishi bo'yicha faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritib qaytdi.
Xabaringiz bor, yaqindagina Finlandiya tajribasi asosida tashkil etilgan “Startap loyihalar va innovatsion g‘oyalar”markazi hamda ochiq mini futbol maydonchasi talabalar va professor-o'qituvchilarga foydalanishga topshirildi.
Azizlar, yutuqlarimiz xususida so’z yuritadigan bo’lsak, so’zimiz tugamaydi. Shu sababli agar ruxsat bersalaringiz, fursatdan foydalanib, institutimizda tahsil olayotgan talabalar orasida “Rektor stipendiyasi”ni qo’lga kiritganlarni ushbu qutlug’ kunda tantanali muborakbod etsak.
So’zim yakunida barchangizni bugungi qutlug' kun, ya'ni institutimiz tashkil topganligining 29 yilligi munosabati bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman. Yurtimiz obod bo‘lsin, dasturxonimiz risqqa to‘lsin, fayzli hayotimizni doimo yorug‘ nurlar munavvar etsin!
Hurmat bilan, SamDCHTI rektori
v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
