Bugun Chinghay sotsial fanlar Akademiyasi rahbariyati vakillari janob Sun Faping, janob Yang Jun hamda "Golmud Kunlun Logistics Co.Lta." tashkiloti presidenti janob Wang Guoxinlar SamDCHTI faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi. 

Tashrif davomida SamDCHTI rektori v.v.b. F.Ro’ziqulov bilan rasmiy uchrashuv tashkil etilib, tomonlar o'rtasida o'zaro hamkorlik bo'yicha takliflar va fikrlar almashinildi. Delegatlar tomonidan Chinghay provensiyasining iqtisodiy salohiyati, tarixi va etnografiyasiga oid ma'lumutlar berildi.

Chinghay delegatsiyasi tomonidan SamDCHTIda iqtisodiyot sohasiga oid xitoy tilini o'qitish bo'yicha hamkorlik qilish taklifi berildi. Jumladan, SamDCHTI o'qituvchilari va talabalarini Chinghay provensiyasi iqtisodiy zonalariga amaliyotlarga va stajirovkaga yuborish bo'yicha muhokama olib borildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-11-10 10:37:15 87