Samarqand davlat chet tillar institutida Turkiya Respublikasining 100 yilligi munosabati bilan tantanali katta tadbir tashkil etildi. Jarayonni kirish so’zi bilan institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov ochib berdi va Turkiya Respublikasi mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan qardosh Turkiya xalqini va hamkasblarni muborakbod etdi.

Shuningdek, tadbirda Turkiya Respublikasining Samarqand shahridagi Bosh konsuli Salix Janer janoblari ham ishtirok etdi. Samarqand davlat chet tillar instituti va Turkiya oliy ta’lim muassasalari o’rtasida davom etayotgan hamkorlik aloqalarining rivojlanayotganligi xususida so’z yuritdi.

Jarayon davomida talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo’shiqlar, raqslar va sahna ko’rinishlari tomoshabinlarga namoyish etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-11-10 10:51:25 134