14-yanvar Vatan himoychilari kuni munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida “Mard o‘g‘lon” shiori ostida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda sportning

  • turnikka tortinish;

  • tosh ko‘tarish;

  • qo‘llarga tayangan holda gavdani ko‘tarib tushirish (adjimaniya);

  • 100 metr masofaga yugurish

kabi turlari bo‘yicha 100 dan ortiq talaba-sportchilar ishtirok etishdi.

Umumiy xisob bo‘yicha 2-bosqich talabasi A.To‘rayev 1-o‘rinni, 1-bosqich talabasi M.Muzropov 2-o‘rinni, 3-bosqich talabasi Sh.Umirov 3-o‘rinni egallashdilar va diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Share:
2019-01-17 14:35:00 87