"Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida  Samarqand davlat chet tillar instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i M.Sodiqov va bosh mutaxassisi F.Abdurahmonovlar tomonidan Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetining 2-bosqich talaba-yoshlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi №419-sonli "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 27-oktabrdagi №564 va №565-sonli buyruqlari, institutning 2021-yil 21-dekabrdagi №511-sonli buyrug‘i hamda institutda  faoliyat  yuritayotgan Korrupsiyaga  qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining vazifalari xususida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun  javobgarlikni kuchaytirishni belgilovchi Qonun  Senat tomonidan ma’qullangani, korrupsiyaga oid 168-, 205- hamda 214-moddalari va ularga qo‘llanadigan sanksiyalar tanishtirilib, ishtirokchilar  ogohlikka chaqirildi.

Talabalar institutning ichki-tartib va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari alohida uqtirildi. Yig'ilish davomida talabalar orasida so'rovnoma ham o'tkazildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-11-10 11:55:21 209