Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillar fakulteti dekan o’rinbosari O’tkir Burxonov hozirda Ispaniyada xizmat safarida. Unda Ispaniyaning Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Ispaniya universitetlari bilan taʼlim va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha takliflar almashinildi.
Shuningdek, hamkorlikda ispan tilining o’qitilishini yanada rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish hamda stajirovka oʻtashlarini tashkil etishga kelishildi va bu borada Ispaniyaning Komplutense universiteti bilan memarandum imzolandi.



SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
