Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati davomida 100 dan ortiq nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda dunyoning yetakchi ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda.

Shu munosabatda, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Malayziyaning “City University of Malaysia” Universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, bugungi kunda turli xil loyihalar, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi kabi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, institutning Qo’shma ta’lim dasturlari fakulteti dekani Dilnoza Xolmurodova Malayziyaning “City University of Malaysia” Universitetida bo’lib qaytdi. Unda tomonlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida yangi kelishuvlarga erishldi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-11-22 18:43:41 210