O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag'ishlangan "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida tashkilot, muassasalar tomonidan faoliyatlarida ochiqlikni ta'minlash, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish, ularni bartaraf etish kabi masalalarga bag'ishlangan tadbir o'tkazish nazarda tutilgan.
Shu munosabatda bugun, 23-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o'tkazildi. Tadbirni institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov kirish so’zi bilan ochib berdi va mehmonlarga institut faoliyati xususida ma’lumot berib o’tdi. Jarayonda talabalarning ota-onalari, ichki ishlar xodimlari va boshqa qiziquvchilar qatnashishdi.
Jarayon davomida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Murod Sodiqov muassasada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusida qilinishi lozim bo’lgan rejalar to’g’risida axborot berdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
